Jahon | 13:50 / 17.07.2015
1532
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada tayfun tufayli 350 ming kishi evakuatsiya qilinadi

Yaponiya rahbariyati mamlakatning janubiy sohilidan “Nangka” tayfunining kelishi hamda u bilan bog‘liq yer o‘pirilishlari kuzatilgani tufayli kamida 350 ming kishi evakuatsiya qilinishini aytdi.
Kecha tayfun Sikoku oroligacha yetib borib, u yerda kuchli yog‘ingarchilik keltirib chiqardi, shamol tezligi 185 km/soatni tashkil qildi.
Kiodo axborot agentligi 2 kishi halok bo‘lganini, NHK telekanali esa 31 kishi yaralanganini ma'lum qildi.
Juma kuni ertalab “Nangka” kuchsizlanib, tropik bo‘ronga o‘tdi, ammo yaqin bir necha soat ichida shamol insonlar hayotiga xavf solishda davom etishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish