19:26 / 18.07.2015
7860

“Russian today” axborot agentligi bosh direktori Facebook dan ro‘yxatdan o‘tgandan keyin akkaunti o‘chirib tashlandi

“Russian today” (“Rossiya segodnya”) xalqaro axborot agentligi teleboshlovchisi va bosh direktori Dmitriy Kiselyovning Facebook dagi sahifasi yaratilgandan bir necha soat o‘tib yo‘q bo‘lib qoldi.

Kuni-kecha Kiselyov o‘z sahifasining haqiqiyligini tasdiqlab, Twitter va Instagram’da ham akkauntlar yaratishni o‘ylayotganini aytgan.

“Oldindan ogohlantiraman, kurakda turmaydigan so‘zlar, so‘kingan foydalanuvchilarni ogohlantirmasdan man qilib qo‘yaman. Balchiq titishni xohlovchilar buni boshqa joylarda qilishlari mumkin. Va aniq mensiz. Qani, ketdik”, deb yozgandi teleboshlovchi Facebook’dagi o‘zining ilk postida.

Qayd etilishicha, Kiselyovning sahifasida ommaviy ravishda haqoratomuz tusdagi sharhlar paydo bo‘la boshlagandan keyin uning sahifasi o‘chirilgan.

Kiselyovning aytishicha, uning sahifasi ijtimoiy tarmoq ma'muriyati tomonidan to‘sib qo‘yilgan.

Top