21:17 / 18.07.2015
5637

AQSh Odessaga 100 ta harbiy “Xammer” yetkazib berdi

18 iyul kuni ertalab Odessaga 100 ta harbiy “Xammer” yo‘ltanlamas avtomobili keltirildi, deb xabar bermoqda AQShning Ukrainadagi elchisi Jyeffri Payyett.

Avvalroq Pentagon rahbari Eshton Karter va uning ukrainalik hamkasbi Stepan Poltorak “AQShning Ukrainaga xavfsizlikni ta'minlash borasidagi ko‘magini” muhokama qilgan edilar. Xususan, gap qo‘shimcha harbiy transport yetkazib berish va Yavorov shahrida davom etayotgan Milliy gvardiya kuchlarini tayyorlash jarayoni xususida ketdi.

Top