Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chada sotilayotgan o‘rik sharbati, mors, kvas va ayron tanqid ostiga olindi
Yoz kunlarida ko‘chalarda salqin ichimliklar ko‘p sotiladi. Bular ichida o‘rik sharbati, mors, kvas, ayron singarilar katta talab qozonmoqda. Lekin ushbu ichimliklarning sotilishi jarayoni sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi. Xususan, ular sotiladigan joylarda hech qanday sharoitlar yaratilmagan, ichimliklar quyib beriladigan idishlar tozaligi talab darajadasida emas.
Bu holat “Oila davrasida” gazetasi tanqid ostiga olindi.
“Issiq kunlarda chanqovbosdi ichimliklarga ehtiyoj ortadi albatta, – deydi Toshkent viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining sanitariya bo‘limi mudiri Abdurahmon Ismoilov. – Bugun ko‘cha-ko‘yda yo‘l yoqasida, yerosti yo‘lakchalarida, aholi gavjum joylarda kvas, mors, o‘rik sharbati, ayron, go‘ja kabi ichimliklar ayrim fuqarolar tomonidan qo‘lbola usulda tayyorlanib, xavfsizligi hamda sifatini kafolatlovchi hujjatsiz savdo qilinmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat etilmagan qurilish mollaridan tayyorlangan bochkalarda emin-erkin sotilishiga ko‘zimiz tushadi”.