Jahon | 10:26 / 18.07.2015
2164
1 daqiqa o‘qiladi

Moksvada avtomobil halokatida ikki kishi halok bo‘ldi

Moskva shahrining shimoli-g‘arbidagi Strogino dahasida sodir bo‘lgan YTH natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, Toyota Camry avtomobili katta tezlikda kelib ustunga urilgan. Buning natijasida mashina o‘t olgan.
Voqea joyida haydovchi va yo‘lovchilardan biri halok bo‘lgan. Yana bir yo‘lovchi og‘ir jarohatlar olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish