Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:49 / 18.07.2015
2549
1 daqiqa o‘qiladi
Nyu-Dehlida TAPH gaz quvuri bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi
21 iyul kuni Nyu-Dehlida Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston gaz quvuri loyihasi bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat yig‘ilishi chog‘ida Hindiston poytaxtiga Turkmaniston delegatsiyasini yuborish haqidagi farmonni imzoladi.
Ilgariroq 11 iyul kuni Ashxobodda Turkmaniston prezidenti va Hindiston bosh vazirining muzokaralari davomida ushbu masala muhokama qilingani aytilgan edi.