23:18 / 18.07.2015
3685

Pele San-Pauludagi shifoxonaga yotqazildi

Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele San-Paulu shahri janubida joylashgan Albert Eynshteyn nomidagi shifoxonaga yotqazildi, deb xabar bermoqda globoesporte.com portali. Portalning ma'lumotlariga ko‘ra, 74 yoshli Pele shifoxonaga 5 kun avval yotqazilgan. Pele oilasi buning sabablarini oshkor etishga ruxsat bermayapti.

Joriy yilning may oyida Pele prostata bezi giperplaziyasi bo‘yicha jarrohliq operatsiyasini o‘tkazgan edi. O‘shanda shifokorlar Peleda ongologik kasallik uchratishmagan. “Futbol qiroli” ilk bor 2014 yilning 13 noyabrida oshqozoni bilan bog‘liq muammo tufayli shifoxonaga yotqazilgan edi va u buyraklardagi toshlarni yo‘qotish bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan. Keyinroq Pele o‘sha oyning o‘zida takror shifoxonaga yotqazilgan edi.

Top