11:02 / 18.07.2015
6851

Qirg‘iziston IShIDning 2ta hujumining oldini olganini ma'lum qildi

17 iyul kuni Qirg‘iziston rasmiylari IShID jangarilarining 2ta hujumi bartaraf etilganini ma'lum qilishdi. Hujumlardan biri harbiy havo bazasiga qarshi qaratilgan edi.
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bergan ma'lumotlarga qaraganda, 16 iyul kuni Bishkekning markaziy tumanlaridan birida o‘tkazilgan reyd chog‘ida jangarilar makoni aniqlangan. Bir necha soat davom etgan otishmada 4 jangari yo‘q qilingan.
Shahar chetida uyushtirilgan reyd chog‘ida, milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot kotibi Rohat Sulaymonov bergan ma'lumotga ko‘ra, yana 2 jangari otib tashlangan.
Aytilishicha, ushbu guruh a'zolari harbiy havo kuchlari bazasida portlash uyushtirib, u yerdagi qurol-yarog‘ni olib ketishni rejalashtirgan.

Top