Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rishton tuman tibbiyot birlashmasi huquqshunosi korrupsiyada ayblandi
Farg‘ona viloyati Rishton tuman tibbiyot birlashmasida 2014 yil noyabridan huquqshunos bo‘lib ishlab kelgan Nozimjon Xoldorov poraxo‘rlik va boshqa jinoyatlarda ayblanib, sudlandi.
“Huquq” nashrining yozishicha, u J. Abdurahimovni ushbu birlashmaga feldsher lavozimiga ishga kirgizib qo‘yish uchun undan 500 dollar talab qilgan. Bo‘sh ish joyi bo‘la turib, unga joylashish uchun pul talab qilinganidan jahli chiqqan Abdurahimov huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan.
Xoldorov 400 dollar pora olish chog‘ida jinoyat ustida qo‘lga olindi. Uning ustidan sud olib borilib, tegishli jazo tayinlandi.