00:06 / 18.07.2015
4642

Rossiya Markaziy saylov qo‘mitasi raisi: internetni faqatgina AQShdan boshqarish mumkin

Rossiya Markaziy saylov qo‘mitasi har kuni Rossiya saylovlariga qarshi targ‘ibot olib boruvchi yangi saytlar paydo bo‘layotganini qayd qilmoqda. Bu haqda Rossiya Markaziy saylov qo‘mitasi raisi Vladimir Churov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Churovning aytishicha, MSQ “har kuni Rossiya saylovlariga qarshi targ‘ibot olib boruvchi xorijda yaratilgan bitta sayt paydo bo‘lishini” qayd qiladi. Churovning fikricha, bu holat bilan Rossiyadan turib kurashishning iloji yo‘q, chunki “internetni faqatgina AQShdan turib boshqarish mumkin”.

Rossiyada saylovlar yagona ovoz berish kuni 13 sentabrda bo‘lib o‘tadi.

Top