Sankt-Peterburgda futbol bo‘yicha jahon kubogi namoyish etildi
Sankt-Peterburgda Rossiyada 2018 yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash bosqichiga qur'a tashlash oldidan jahon kubogi namoyish etildi.
“Jahon kubogi chempionatning dastlabki bosqichiga qur'a tashlash marosimi arafasida namoyish etiladi. Bir necha kundan keyin qur'a tashlash shousi va qur'a tashlashning o‘zi bo‘lib o‘tadi. Bu qur'a tashlash “Bu yerda orzu tug‘iladi” shiori ostida o‘tkazilayotganidan xabaringiz bor”, deb aytdi 2018 yilgi jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasi bosh direktori Aleksey Sorokin.
Sankt-Peterburgda kubok birinchi marta namoyish etilmoqda. Kubok bu yerda bir kun bo‘lgandan keyin yaqin orada Rossiyaning boshqa yerida namoyish etilmaydi.
Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi 25 iyul kuni Sankt-Peterburgdagi Konstantinov saroyida soat 18:00 da boshlanadi.
Ma'lumot uchun, futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati Rossiyaning 11 ta shahridagi 12 ta stadionda 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuligacha davom etadi.