Jahon | 23:01 / 18.07.2015
4582
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida “IShID” bilan aloqador bo‘lgan 400 dan ko‘proq odam hibsga olindi

Saudiya Arabistonida “IShID” terrorchilik tashkiloti bilan aloqador bo‘lgan 431 kishi hibsga olindi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.

Qo‘lga olinganlarning ko‘pchiligi qirollik fuqarolari bo‘lib, qolgan qismi Misr, Yaman, Iordaniya, Jazoir, Nigeriya, Chad va boshqa mamlakatlar fuqarolaridan iborat. Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan ba'zilari mamlakat hududida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan.

Avvalroq “IShID” jangarilari 16 iyul kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi qamoqxona oldida avtomobilning portlashiga javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish