Jahon | 16:08 / 18.07.2015
1976
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yuk ko‘taradigan kran qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi va 7 kishi jarohatlandi

Xitoyning sharqidagi Shandun viloyatida yuk ko‘taradigan kran qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi va 7 kishi jarohatlandi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea shanba kuni Lyaochen shahrida sodir bo‘ldi. Kran kimyo zavodi qurilish maydonida ag‘darilib ketdi.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar aziyat chekkan 9 kishini shifoxonaga yetkazdi. Shifoxonada ulardan 2 nafari vafot etdi.
Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish