Jahon | 17:22 / 19.07.2015
1877
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshdagi avtohalokatda 14 kishi qurbon bo‘ldi, 50 kishi jarohatlandi

Bangladeshdagi avtohalokatda 16 kishi qurbon bo‘ldi, 50dan ortiq kishi tan jarohatlari oldi. Bu haqda Bangla-TV milliy telekanali xabar berdi.
Mamlakat shimolidagi ko‘priklardan biri ertalabki tuman tufayli ikki avtobus yuzma-yuz to‘qnashdi. Ikkala haydovchi hamda 12 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, shifoxonaga ketishda yana 2 kishining joni uzildi. Jarohat olgan 50 kishidan 7 nafari og‘ir ahvolda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish