17:40 / 19.07.2015
7541

Britaniyalik ayol elektrga “allergiyasi” borligini aytdi

50 yoshli Jyeki Lindsi ismli britaniyalik ayol elektr quvvatiga allergiyasi borligini ma'lum qildi. U doimo maxsus himoya libosida yuradi, ko‘chada esa elektrmagnit maydonini o‘lchash asbobidan foydalanadi.


Ayol barcha asbob-uskunalardan voz kechib, uyini elektr ta'minotidan uzdi.
Jyeki Britaniyaning Dorset grafligida yashaydi. U xonalarda shamlarda yoritadi, ovqatni gazda pishiradi yoki buyurtma qiladi.
Shifokorlar unga elektrmagnit sezuvchanlik tashhisini qo‘yishdi. Ammo bu aniq fiziologik holat bo‘lmay, ruhiy va aqliy to‘siqlar bilan tushuntirilishi mumkin. Shu bois britaniyalik shifokorlar bu tashhisni hozircha qabul qilishni istashmayapti.
Jyeki ko‘chaga chiqqanida bosh-oyoq chirmanib oladi. Kumushrang matodan qilingan libos elektrmagnit maydonlarini qochiradi.

Top