Jahon | 18:35 / 19.07.2015
4030
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya bosh vaziri AQShga “IShID”ni yo‘q qilishda yordam berishga va'da berdi

Buyuk Britaniya hukumati va qurolli kuchlari “IShID” bilan kurashish uchun ko‘proq harakat qiladi, deb aytdi Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron.

Kemeron AQShga ayni paytda Suriya va Iroqning anchagina qismini egallab olishga muvaffaq bo‘lgan guruhni yo‘q qilishda yordam berishga va'da bermoqda. “Biz Vashington bilan birga Suriya va Iroqdagi “IShID” o‘rnatgan halifalikni to‘liq yo‘q qilish tarafdorimiz”, deb ta'kidlab o‘tdi Kemeron.

Kemeronning aytishicha, buning uchun parlament Britaniya Harbiy-havo kuchlariga Suriyadagi jangarilarning pozitsiyalariga zarbalar berishga rasman ruxsat berishi kerak. Bu masala bo‘yicha ovoz berish jarayoni deputatlar ta'tildan qaytgandan keyin sentabrda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Britaniya hukumati 2014 yilning sentabrida qabul qilgan hujjatga ko‘ra Britaniya Harbiy-havo kuchlariga faqatgina IShIDning Iroqdagi pozitsiyalarini bombardimon qilishga ruxsat bergan. Ushbu hujjatda IShIDning Suriyadagi pozitsiyalariga zarba berish va to‘qnashuvlar hududiga quruqlikdagi qo‘shinlarning kiritilishi nazarda tutilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish