Jahon | 10:11 / 19.07.2015
2784
1 daqiqa o‘qiladi

Dehlida uyning qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Dehlidagi to‘rt qavatli uyning qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV kanali xabar bermoqda.
Yana 7 kishi tan jarohatlari oldi. Yana bir qancha odam vayronalar ostida qolib ketgani taxmin qilinmoqda.
Aytilishicha, fojia yaqin orada olib borilayotgan qurilish ishlaridagi kamchiliklar tufayli sodir bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish