Jahon | 15:49 / 19.07.2015
3839
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada Ikkinchi jahon urushi paytidagi snaryadlar tufayli 16 ming kishi evakuatsiya qilindi

Germaniyaning Gannover shahri atrofida va Langenxagen shahri yaqinida Ikkinchi jahon urushi paytidagi snaryadlar topildi.

Snaryadlar portlashi xavfi tufayli 19 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da 16 minglik mahalliy aholi evakuatsiya qilinishi boshlandi. Berlin va Dortmundni bog‘lovchi yaqin atrofdagi avtoban orqali harakatlanish yopib qo‘yildi.

Bombalar bir necha kun avval burg‘ilash paytida topilgan. Hozir sapyorlar snaryadlar portlagan-portlamaganini aniqlashmoqda. Operatsiya risoladagidek o‘tadigan bo‘lsa, aholi kechga yaqin o‘z uylariga qaytishi mumkin bo‘ladi.
“Sarosima kuzatilmayapti, barchasi reja asosida ketyapti”, deb ma'lum qilmoqda Langexagen shahri ma'muriyati vakillari.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish