Jamiyat | 20:12 / 19.07.2015
35410
2 daqiqa o‘qiladi

Gulchehra Eshonqulova o‘zini maqtadi va hozirgi filmlarni bir chaqaga baholadi

Taniqli aktrisa Gulchehra Eshonqulovaning fikricha, hozirgi kunda O‘zbekistonda olinayotgan aksariyat filmlar bir chaqaga arzimaydi. Bu haqda u “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“So‘nggi vaqtlarda katta ekranlarga chiqayotgan aksariyat kinokartinalar bir chaqaga arzimaydi. Men iste'dodimni bunday “film”lar uchun sarflaydigan aktrisa emasman! Ancha vaqtdan beri “portlash” darajasidagi filmning o‘zi bo‘lmadi. Shuning uchun ham Gulchehra Eshonqulova kinoda yo‘q!”, – uning so‘zlarini keltiradi nashr.
Shuningdek, aktrisa O‘zbekiston kinosida Dilnoza Kubayeva bilan birgalikda “kuchli ikkitalik”ni tashkil qilishini aytdi:
“Ko‘zlarini pirpiratib, sochlari shamolda uchib turadigan qahramonlarni o‘ynaydigan davrdan o‘tdim. Bunday rollarni boshqa aktrisalar o‘ynay qolsin. Bosh roldan ko‘ra, “yuk”i bor, ikkinchi plandagi rolni afzal bilaman. Ochig‘i, hamkasblarim orasidan Dilnoza Kubayeva, Gulchehra Eshonqulovadan iborat bo‘lgan kuchli ikkitalikka kira oladiganlarni izlagandim”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish