Jamiyat | 11:57 / 19.07.2015
6128
1 daqiqa o‘qiladi

Ikkita qiz Minskdan Moskvagacha piyoda yo‘l bosib keldi

Belarus poytaxtidagi maktablardan birining ikki nafar bitiruvchisi o‘qishning tugaganligi munosabati bilan Moskvaga yo‘l oldilar. Ular safarga faqat zarur narsalarni – kiyim-kechak, chodir va to‘shak oldilar, deb xabar beradi Onliner.by. qizlar o‘zlari bilan pul va ovqat olmadilar.
Qizlarning aytishicha, ular yoqilg‘i quyish shoxobchalari va qishloqlarda ovqatlanganlar. Dastlab ular Rossiya poytaxtiga 7 kun ichida yetib borishni rejalashtirgan edilar, ammo qizlarning hisob-kitoblari noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi – safarga 3 hafta ketdi.
Bitiruvchilar kuniga o‘rtacha 60 km yo‘l bosib o‘tganliklarini aytdilar. Dugonalar o‘z safarlari haqida qisqa videolavhalar olib, YouTube’ga joylashtirar, shuningdek, Instagram’da safar haqida hikoya qilib berishardi.
Ma'lum bo‘lishicha, safar oldidan qizlar ota-onalarini Rossiyaga samolyotda ketishlariga ishontirishgan.