Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ish o‘rinlarida xavfsizlik bo‘yicha navbatdagi sinovlar 28-29 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi
Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislariga malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi Idoralararo imtihon komissiyasining Ishchi organi malakaviy imtihonlar davomida foydalaniladigan test savollarining yangi bazasi shakllantirdi. Ushbu baza bilan Niitruda.uz sayti orqali tanishish mumkin. Bu haqda Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan yo‘llangan matbuot xabarnomasi orqali ma'lum bo‘ldi.
Navbatdagi malakaviy imtixon 2015 yil 28-29 iyul kunlari Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi binosida o‘tkaziladi.