Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Joze Mourinyu: Pogba? Menga Eyfel minorasi yoqadi, ammo uni bog‘imga o‘rnatolmayman
“Chelsi” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyu “Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
“Pogba atrofidagi shovshuv bosim o‘tkazmasligi kerak. U dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U qaysi klubga o‘tmasin, uni kuchaytiradi. “Yuventus”da qolsa, turinliklar ilgarigiday juda kuchli jamoa bo‘lib qolaveradi”, – dedi Mourinyu.
“Ammo bu bizga taalluqli emas, – so‘zida davom etdi mutaxassis. – Biz Chexni Begovichga, Drogbani Falkaoga, yoshlarni boshqalariga almashtiramiz. Hamma ham Pogbaga qiziqadi. Ammo siz qila olmaydigan ishlar ham bo‘ladi. Masalan, menga Eyfel minorasi yoqadi, ammo uni bog‘imga o‘rnatolmayman. Men hatto u yerga Las-Vegas minorasini qo‘ya olmayman”.