Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:49 / 19.07.2015
4468
1 daqiqa o‘qiladi
Koreyalik josus smartfonlardan ma'lumot to‘plash dasturi tufayli joniga qasd qildi
Janubiy Koreya razvedka milliy agentligi xodimining jasadi Seul yaqinidagi tog‘ yo‘lida qoldirilgan mashina ichidan topildi. Bu haqda mahalliy axborot vositalari xabar bermoqda.
Marhumning yonidan topilgan maktubda aytilishicha, u smartfonlar va kompyuterlardan ma'lumot to‘plash dasturi tufayli o‘z joniga qasd qilgan.
Maktubda aytilishicha, ushbu dastur doirasida mamlakat fuqarolari emas, Shimoliy Koreya josuslari kuzatilgan.