Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada qamoqdan qochgan narkobaronni tutishga 10 ming politsiyachi jalb qilindi
Meksikada 12 iyul kuni Mexiko shtatidagi “Altiplano” qamog‘idan qochib ketgan narkobaron Xoakin Gusmanni tutish bo‘yicha keng miqyosli tadbirlar olib borilmoqda. Ayniqsa poytaxtda, Mexiko, Gerrero, Idalgo, Morelos, Puebla va Tlaskala shtatlarida katta ishlar ketmoqda.
Universal nashrining yozishicha, hozir Pakana laqabli jinoyatchini qidirish ishlariga 8.2 ming mintaqaviy huquq-tartibot strukturalari xodimlari, 1.25 ming federal politsiyachi va 200 nafar jandarm jalb qilingan.
Jamoat xavfsizligi bo‘yicha mintaqaviy boshqarmalar rahbarlari IIV rahbari bilan uchrashuv o‘tkazib, tegishli ko‘rsatmalarni olishdi. Shuningdek, qidiruv ishlarida axborot almashish va xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha reja ishlab chiqildi.