Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada avtobus bekati o‘qqa tutildi
Moskvaning markaziy tumanlaridan birida politsiya avtobus bekatini travmatik quroldan o‘qqa tutgan ikki yigitni qo‘lga oldi. Bu haqda Moskva politsiyasi matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.
Otishma haqidagi xabar 02ga shanba kuni kechasi yetkazildi. O‘qlar bekat oynalarini chil-chil qilgan, ammo odamlarga ziyon yetmagan. Qonunbuzarlar Chevrolet mashinalarida voqea joyini tark etgan.
Jinoyatchilar o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olindi. Mashinada uch kavkazlik kishi bo‘lib, ikkitasining yonidan travmatik to‘pponcha chiqdi.