Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada piyonistalar ulfatining 4.1 mln rubl pulini o‘g‘irlab ketdi
Moskva shahri markaziy okrugida yashovchi kishi ikki notanish shaxs tomonidan talon qilib ketildi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.
Moskva politsiyasi matbuot xizmati tarqatgan ma'lumotlarda aytilishicha, juma kuni kechasi 40 yoshli fuqaro ikki kishi bilan tanishib, ular bilan birga o‘z uyida aroq ichgan. Tunggi soat 3:00da yangi orttirilgan ulfatlar uy egasini do‘pposlab, sovet davriga oid 12 kollektsion soatni, 2ta qimmatbaho xorijiy soatni, 2ta noutbuk, 2ta mobil telefon va zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan. O‘g‘irlangan buyumlarning umumiy qiymati 4.1 mln rublni tashkil qilgan.