Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda qoradori sotuvchilari qo‘lga olindi
Namangan viloyatida bir guruh qoradori sotuvchilari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi bo‘lim AMIB katta tergovchisi Sarvarjon To‘xtaboyev ma'lumot berdi.
24 yoshli Abdusalom Nasriddinov uzoq vaqtdan buyon giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi. U mahalliy restoranlardan birida bir kishiga 150 ming so‘m evaziga 5.1 gr narkotik sotayotganida qo‘lga olindi.
Shuningdek, Chortoq tumanida uzoq yillardan buyon mana shunday ish bilan shug‘ullanib kelgan 28 yoshli Jahongir Hamidov va 41 yoshli Ibrohim Turg‘unovlar qo‘lga olindi.
Dastlab ularning sherigi Adham Tursunov Ilhom ismli yigitga 40 ming so‘mga 0.28 gr gashish sotayotganida qo‘lga tushdi. Uning yonidan yana 1.3 gr shunday modda topildi. Tursunov o‘z sheriklari haqida huquq-tartibot organlariga ko‘rsatma berdi. Shu tariqa giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan guruh tugatildi.