Jamiyat | 17:32 / 19.07.2015
9006
1 daqiqa o‘qiladi

Olma-otada shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari va politsiyachilar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi

Olma-Otadagi mehmonxonalaridan birida istiqomat qiluvchi shaxslar ikki huquq-tartibot xodimining mushtlashuvini videolavhada qayd qildi. Video YouTube saytidagi “Osa” jamoasi kanaliga joylashtirildi.
Videoga berilgan sharhda aytilishicha, shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari politsiyachilarga hujum qilgan. Rolikda Sembekov Muxit va Qojashov Almas ismlari tilga olinadi.
Huquq-tartibot idoralari ushbu videolavhaga hech qanday izoh bildirmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish