17:29 / 19.07.2015
3511

Qozog‘istonda havoning isib ketishi tufayli ish kunini qisqartirish taklif qilindi

Qozog‘iston shifokorlari ob-havoning keskin isib ketishi munosabati bilan ish kunini qisqartirishni taklif qilishdi. Ularning fikricha, ish kunini ertalabki soat 7:00dan boshlab, 18:00gacha davom ettirish kerak, ammo 11:00dan 16:00gacha tanaffus qilish kerak.
Bu haqda “Xabar” telekaniliga bergan intervyusida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi sanitariya-epidemiologiya eksperti Robig‘a Melebayeva aytdi.
Shifokorlar, shuningdek, personalga ko‘proq diqqat qaratishni tavsiya qildi. Ayniqsa ochiq havoda mehnat qiladigan fuqarolar ob-havo ta'sirida turli kasalliklarga yo‘liqishi mumkinligi aytildi.

Top