Sport | 17:18 / 19.07.2015
1712
1 daqiqa o‘qiladi

Romero “Manchester Yunayted”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Argentina terma jamoasi darvozaboni Serxio Romero “Manchester Yunayted”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Yaqin kunlarda “Sampdoriya”ning 28 yoshli futbolchisi MYu Shimoliy Amerika turnesi chog‘ida joylashgan Sietl shahriga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘l oladi, deb xabar beradi Sky Sport Italia.
Manchesterliklar Romeroga yiliga 2 mln yevro to‘lashga tayyor. Jamoaning ikkinchi darvozaboni Viktor Valdes esa transfer qilinadi.
Romeroning “Sampdoriya” bilan shartnomasi 1 iyulda tugadi, shu bois u MYuga bepul o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish