Jahon | 15:15 / 19.07.2015
2888
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina IIV MDH qidiruv tizimidagi ishtirokini to‘xtatadi

Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov Feysbukdagi sahifasi orqali mamlakat MDHning qidiruv tizimida ishtirok etishidan bosh tortishini ma'lum qildi. Endilikda, aytilishicha, Ukraina MDH davlatlaridagi qidiruv ishlarini Interpol orqali amalga oshiradi.
Avakov bergan ma'lumotlarga qaraganda, Davlatlararo axborot banki egasi bo‘lgan Rossiya IIV qidiruvdagi ukrainalik jinoyatchilar haqida axborot kiritishni to‘xtatgan. Shu tufayli Ukraina 2015 yil 24 avgustdagi axborot almashish bo‘yicha MDH davlatlari IIVlari shartnomasidagi ishtirokini bir tomonlama to‘xtatishga qaror qildi.
Ukraina joriy yilning yanvar oyidayoq ushbu bazaga qidiruvdagi jinoyatchilar haqida ma'lumot kiritishni to‘xtatishga qaror qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish