Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:13 / 19.07.2015
4201
1 daqiqa o‘qiladi
XXR 20 nafar xorij fuqarosini videoroliklar tomosha qilgani uchun deportatsiya qildi
XXR rasmiylari “terrorchilik va diniy ekstremizm targ‘ib qiluvchi” videolavhalar ko‘rgani uchun 20 nafar xorij fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda TIV xabarnomasiga asoslangan holda Sinxua agentligi darak bermoqda.
Aytilishicha, chet elliklar ushbu videolarni mehmonxonada ko‘rishgan.
Ular orasida JAR, Buyuk Britaniya va Hindiston fuqarolari bor. Ularning bari aybini tan oldi.