00:10 / 20.07.2015
10171

“Real” va “Barselona” emblemalariga nima uchun o‘zgartish kiritdi?

Qatar Foundation tashkiloti 2010 yil “Barselona” jamoasi bilan homiylik shartnomasi imzolanadi. Unga muvofiq, arab mamlakatlarida jamoa muxlislari sonini yanada oshirish va atributkalar savdosini kuchaytirish maqsadida o‘z ramziy timsoliga o‘zgartirish kiritdi. Ya'ni timsoldagi musulmonlar hamiyatiga teguvchi qizil xoch tasviridagi gorizontal qizil chiziq olib tashlandi.
Bunday holat “Real” futbol jamoasi bilan ham kuzatilgandi. O‘shanda jamoa BAA shayxlaridan biri bilan qiymati 1 mlrd AQSh dollariga teng sun'iy orol qurish borasida kelishuvga erishiladi. Shayx esa klub timsolidagi barcha xoch tasviri va qirollik tojini o‘zgartirishni talab qiladi va bu ijobiy xal qilingan.



Manba: Muxlis.uz

Top