20:35 / 20.07.2015
2859

Blatter o‘z maoshini oshkor etishdan bosh tortdi

FIFA prezidenti Yozef Blatter 20 iyulda Tsyurixda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumani paytida o‘zining maoshi haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortdi.

Shu bilan birga Blatter maoshlar haqidagi ma'lumotlarning ochiqligi FIFAdagi islohotlar jarayonining bir qismi hisoblanishini ta'kidlab o‘tdi.

Matbuot anjumani noxush voqea bilan boshlandi. Li Nelson taxallusi ostida faoliyat yurituvchi britaniyalik komik aktyor Saymon Brodkin matbuot-anjumani endi boshlanganda Blatterning stoli yoniga kelib, Blatterning ustidan bir pachka qalbaki pullarni sochib yubordi. Komik aktyor bu “sahna ko‘rinishini “Bu pullar 2026 yilgi Shimoliy Koreyadagi jahon chempionati uchun pora” deb atab, Blatter ustidan pullarni uloqtirdi. Aktyor bu qilmishidan keyin qo‘riqlash xizmati tomonidan tashqariga olib chiqib ketildi.

Shundan keyin matbuota-anjuman biroz muddatga to‘xtatib qo‘yildi.

Top