11:53 / 20.07.2015
2172

Bloomberg Rossiyani investitsiyalar uchun BRIKS davlatlari ichida eng yaxshisi deb topdi

2015 yili BRIKS davlatlari ichida Rossiya bozori investorlar uchun eng serdaromad kelib, Xitoyni birinchi pog‘onadan tushirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma'lumot berdi.
Aytilishicha, neft narxining tushishi va o‘tgan yilning dekabrida rublning qadrsizlanishidan so‘ng ayni paytda investorlar siyosiy tahdidlarning kamayishi sababli bu bozorga ko‘proq e'tibor qarata boshlagan.
Agentlik mutaxassislarining fikricha, oxirgi yetti oy ichida vaziyat tubdan o‘zgargan. Neft narxi bir barreliga 55 dollardan yuqori darajada barqarorlashdi, Ukrainada esa keng miqyosli harbiy harakatlar to‘xtatildi. O‘zgaruvchanlik indeksi 28 foizga kamaydi, bu ko‘rsatkichning 2006 yildan beri eng katta tushishi bo‘ldi.
Rossiya emitentlari aksiyalari BRIKSning boshqa davlatlaridagiga nisbatan pastroq baholanmoqda, shu bois ular kattaroq foyda keltirishi mumkin. Lekin bu ko‘p jihatdan siyosiy tahdidlarning kamayib borishiga bog‘liq.

Top