20:21 / 20.07.2015
3130

BMT Xavfsizlik kengashi Eron bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Xavfsizlik kengashi Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Tehron va xalqaro vositachilar “oltiligi” bilan kelishuvni tasdiqlovchi Eron bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Hujjatda MAGATE tomonidan Tehron o‘z majburiyatlarini bajarayotgani tasdiqlangandan keyin Xavfsizlik kengashi liniyasi bo‘yicha Eronga kiritilgan barcha sanksiyalarning to‘liq bekor qilinishi nazarda tutilgan.

Hujjatda Xavfsizlik kengashi “kelishuv kuchga kirgandan keyin 10 yildan so‘ng Eron yadroviy dasturini ko‘rib chiqishni to‘xtatishi” ta'kidlab o‘tilgan.

Top