Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘yin umurtqasini sindirib olgan katta Bush shifoxonadan chiqarildi
Bu haftada bo‘yin umurtqalaridan biridan jarohat olgan AQShning sobiq prezidenti katta Jorj Bush Men shtatidagi shifoxonadan chiqdi. Bu haqda 19 iyul kuni Bushlar oilasining rasmiy vakili Jim Makgrat jurnalistlarga ma'lum qildi.
Katta Jorj Bush 15 iyul kuni Kennebankportdagi (Men shtati) o‘z uyida yiqilib tushib, bo‘yin umurtqasidan jarohat olgandan keyin Portlenddagi tibbiyot markaziga yotqazilgan edi.
Avvalroq Makgrat sobiq prezidentning ahvoli yaxshi ekanligini va olingan jarohat uning hayotiga xavf solmayotganini ma'lum qilgandi.
Katta Bush ma'lum vaqt davomida maxsus bo‘yin korseti taqib yurishiga to‘g‘ri keladi.
Katta Jorj Bush 1989-1993 yillar davomida AQSh prezidenti lavozimini egallagan. Ungacha Bush Ronald Reygan prezidentligi davrida (1981-1989 yy.) vitse-prezident, kongressmen, AQShning BMTdagi vakili, AQShning Xitoydagi maxsus elchisi va Markaziy razvedka xizmati direktori lavozimlarida ishlagan.