14:10 / 20.07.2015
2276

Dani Alves "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirgani uchun 1 mln yevrolik bonusga ega bo‘ldi

Dani Alvesning "Barselona" bilan tuzgan yangi shartnomasi bandlari ma'lum qilindi.

Marca nashri ma'lumotiga ko‘ra, braziliyalik himoyachi 11 mln yevrodan iborat yillik maoshini saqlab qolishidan tashqari kelishuvga rozi bo‘lgani uchun 1 mln yevro miqdorida bonus ham oladi.

Qayd etilishicha, "Barselona"da 2016 yilning yanvarigacha yangi futbolchi o‘ynata olmasligi zarurati tufayli Alvesga nisbatan saxiylik qilishgan.

Top