Jahon | 07:13 / 20.07.2015
7729
1 daqiqa o‘qiladi

Demi Murga tegishli uydagi hovuzdan yosh yigit jasadi topildi

Gollivudning taniqli aktrisasi Demi Murning Los-Anjyeles shahridagi uy hovuzidan 21 yoshli yigit jasadi topilgan. Bu haqda The Daily News xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, bu uyda 18 iyul kuni kechasi ziyofat o‘tkazilgan va marhum o‘sha ziyofat mehmonlaridan biri bo‘lgan. Uning jasadi 19 iyul tongida aniqlangan.

Politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtda uy sohibasi Demi Mur ham, uning farzandlari ham uyda bo‘lishmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish