Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:05 / 20.07.2015
2382
1 daqiqa o‘qiladi
Kaliforniyadagi yog‘ingarchilik tufayli Los-Anjyeles-Finiks yo‘lidagi ko‘prik qulab tushdi
Kaliforniya shtatining janubiy qismida joylashgan Los-Andjyeles va Finiks (Arizona shtati) shaharlarini bog‘lovchi tezyurar yo‘l ko‘prigi qulab tushdi. Bu haqda yakshanba kuni KESQ telekanali xabar tarqatdi.
Manbada aytilishicha, vayronalar ostida yuk avtomobili qolib ketgan. Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan mashina haydovchisi qutqarib qolingan. Uning hayoti xavfdan uzoq ekani aytilmoqda.
Ko‘prikning qulashiga Kaliforniya shtatining janubiy tumanlarida yoqqan jala sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish