09:43 / 20.07.2015
2156

KONKAKAF turnirida yarim final ishtirokchilari nomi ma'lum bo‘ldi

19-20 iyul kunlarida AQSh mezbonligida o‘tayotgan 2015 yilgi KONKAKAF turnirining chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

19 iyul kuni «M&T Bank Stadium» stadionida Kuba terma jamoasini qabul qilgan AQSh 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda 3ta gol urgan Klint Dempsi jami 6ta gol bilan turnir to‘purariga aylandi.

AQSh - Kuba 6:0
Gollar: Dempsi (4), Zardes (15), Yuxansson (32), Gonsales (45), Dempsi (64, pen), Dempsi (78)

Shu kuni o‘sha stadionda Gaiti bilan uchrashgan Yamayka terma jamoasi esa 1:0 hisobidagi kichik g‘alaba evaziga yarim finalga yo‘l oldi.

Gaiti - Yamayka 0:1
Gol: Barns

19 iyul kuniga belgilangan chorak final o‘yinlarining yana biri «New Meadowlands Stadium, East Rutherford» o‘yingohida o‘tkazildi. Unda Trinidad va Tobago terma jamoasi Panama bilan asosiy vaqtda 1:1 hisobini qayd etdi. Qo‘shimcha vaqtlarda hisob o‘zgarmagach, penaltilar seriyasida panamaliklarning qo‘li baland keldi 6:5.

Trinidad va Tobago - Panama 1:1 (5:6)
Gollar: Texada (37) - Jons (54)

20 iyul kuni esa Meksika Kosta-Rika bilan uchrashdi va qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. Asosiy vaqtda hisob ochilmagach, qo‘shib berilgan ekstra-taymlarning ikkinchisi tugayotgan vaqtda Kosta-Rika darvozasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi va uni Guardado aniq amalga oshirdi.

Meksika - Kosta-Rika 1:0
Gol: Guadrado (120, pen)

Endi turnirning yarim final o‘yinlari 22 iyul kuni oqshomida o‘tkaziladi. Yarim finalda AQSh Yamayka bilan, Meksika esa Panama bilan uchrashadi.

Top