Sport | 10:42 / 20.07.2015
1838
1 daqiqa o‘qiladi

Luis Enrike Arda Turon ijaraga berilmasligini ta'kidladi

"Barselona" jamoasining yangi xaridlaridan biri Arda Turon 2016 yilning yanvarigacha bo‘lgan muddatda boshqa jamoaga ijaraga berilmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike ma'lum qilgan.

"Turon yanvargacha tarkibimizda harakat qila olmaydi. Bu biz uchun yaxshi holat emas. Lekin bu muddat ichida u jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnashishda davom etadi. U ijaraga berib yuborilmaydi. Bu masalani boshqa muhokama qilmaymiz", deydi Luis Enrike Marca nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, FIFA "Barselona"ga qo‘llagan taqiq bo‘yicha jamoa 2016 yilning yanvarigacha yangi o‘yinchilarini maydonga tushira olmaydi. Tashkilot bu jamoani transferlar siyosatida qing‘ir yo‘llardan foydalangani, voyaga yetmagan futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olgani uchun jazolagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish