11:21 / 20.07.2015
2234

Luis Enrike Messining dam olish vaqti uzaytirilganini ma'lum qildi

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning asosiy hujumchisi Lionel Messi AQShdagi mavsumoldi yig‘inlariga jalb etilmaganiga izoh berib o‘tdi.

"2014-2015 yillar mavsumi Messi uchun juda uzun davom etdi. Amerika Kubogidagi ishtirokidan keyin unga ko‘proq dam olish imkoniyati berildi. U AQShga bormaydi", deydi Enrike Marca nashriga bergan intervyusida.

U o‘z fikrini davom ettirib, yangi mavsumda ham "Barselona" trebl qayd etishni maqsad qilganini bildirgan.

Bundan oldinroq, Messi va Maskerano Argentina terma jamoasidagi ishtiroki tufayli "Barselona"ga boshqalardan biroz keyinroq, AQShdagi turne vaqtida kelib qo‘shilishini ma'lum qilgandi.

Top