O‘zbekiston | 16:29 / 20.07.2015
16520
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari hamda "O‘zbekiston" kanali direktori lavozimlarida ishlab kelgan 44 yoshli Olim Toshboyev o‘z vazifasidan ozod etildi.

Filologiya fanlari nomzodi bo‘lmish Olim Toshboyev bu lavozimga 2013 yilning oktabrida tayinlangan edi.
O‘zbekiston Milliy Universitetining Jurnalistika fakultetida o‘qigan Olim Toshboyev uzoq yillardan buyon MTRKning turli bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

U 1996-1997 yillarda "O‘zbekiston" radiosining "Adabiyot va radioteatr" tahririyati boshlig‘i sifatida, 1997 yilda "O‘zbektelefilm" studiyasi muharriri sifatida, 1997-2001 yillarda "Toshkent" studiyasining "Siyosat" bo‘limi tahririyatida, 2001-2005 yillarda "Yoshlar" teleradiokanalining "Kamolot" studiyasida muharrir bo‘lib ishlagan.
2005-2006 yillar mobaynida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining "Siyosat" direksiyasida direktor sifatida ishlagan Olim Toshboyev 2006 yildan 2009 yilgacha "O‘zbekiston" teleradiokanalining "Ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar" tahririyatida bosh muharrir bo‘lgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish