13:27 / 20.07.2015
4794

O‘zbekistonda o‘sishida tug‘ma nuqsoni bor bolalar tug‘ilishi qisqarib bormoqda

Oxirgi 10 yil ichida O‘zbekistonda o‘sishida tug‘ma nuqsoni bor bolalar tug‘ilishi 1.3 barobarga qisqardi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov O‘zbekistonda pediatriyani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida bayonot berdi.
“6-15 yoshli bolalar orasida o‘tkir yuqumli kasalliklarga chalinish 34.4, pnevmoniyaga chalinish 49.7, bronxitga chalinish 32.7 foizga kamaydi”, – uning so‘zlarini keltiradi “Pravda Vostoka”.
Shuningdek, tadbir doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiy markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori D. Ahmedova tug‘ma yoki orttirilgan xastaliklarning oldini olish borasida taqdimot o‘tkazdi.

Top