Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik nayza uloqtiruvchi Vladislav Polyunin Kolumbiyada o‘tkazilayotgan turnirda bronza medal oldi
O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi a'zosi Vladislav Polyunin Kolumbiyaning Kali shahrida bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati musobaqalarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Musobaqa rasmiy saytida yozilishicha, Polyunin bahslarning beshinchi kunida bo‘lib o‘tgan nayza uloqtirish musobaqalarida 76.77 metr natijani qayd etib, uchinchi o‘rinni egallagan.
Mazkur yo‘nalishda g‘oliblik JAR vakili Pol Jakobus Botaga nasib etgan. Uning natijasi 78.49 metrni tashkil qilgan. Kumush medalni germaniyalik Niklas Kaul (78.05 metr) qo‘lga kiritgan.