Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya BMTda Ukrainada halokatga uchragan Boeing bo‘yicha o‘z rezolyutsiyasini taqdim qildi
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin BMT Xavfsizlik kengashiga Ukraina janubi-sharqida Malayziyaga tegishli Boeing ning halokatga uchrashi bo‘yicha o‘z rezolyutsiya loyihasini taqdim qildi.
Churkinning aytishicha, Rossiya delegatsiyasi o‘z rezolyutsiyasini muhokama qilish uchun Xavfsizlik kengashi uchrashuvini chaqirtirmoqda.
“Biz maslahatlar jarayonida turibmiz. Biz o‘zimizning rezolyutsiya loyihamizni taqdim qildik. Uni muhokama qilish uchun kunduzgi soat 3 ga yig‘ilish chaqirtirdik”, deb aytdi Churkin.
Avvalroq rossiyalik diplomatlar ushbu aviahalokatni tergov qilish bo‘yicha tribunal tashkil etish g‘oyasini qoralab chiqishgan edi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, ushbu tribunal AQSh manfaati yo‘lida yaratilmoqda.