Jahon | 09:33 / 20.07.2015
2282
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Davlat Dumasining sobiq raisi Gennadiy Seleznyov vafot etdi

Rossiya Davlat Dumasining sobiq raisi Gennadiy Seleznyov 67 yoshida vafot etdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Seleznyovning kuyovi Andrey Andreyev bergan ma'lumotga qaraganda, Seleznyov og‘ir xastalik oqibatida yakshanba kuni kechasi o‘z uyida vafot etgan.

Seleznyov ikkinchi va uchinchi chaqiriq Davlat Dumasi (1996-1999 va 2000-2003) raisi bo‘lgan. Shuningdek, u birinchi va to‘rtinchi chaqiriq Dumaning deputati bo‘lgan. Siyosatchi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi kommunistik partiyasi ijroiya qo‘mitasi prezidiumi tarkibiga kirgan. Raislik davrida u Xavfsizlik Kengashi a'zosi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish