Jamiyat | 22:29 / 20.07.2015
15799
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda jazirama issiqda bola yopiq mashinada qarovsiz qoldirib ketildi

Toshkentda noma'lum ayol ko‘chada 40 gradus issiq harorat bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining farzandini yopiq holdagi mashinada bir o‘zini qoldirib ketgan.

Ushbu voqea haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqning “Potrebiteli” guruhida paydo bo‘ldi. Voqea guvohining aytishicha, chamasi 3 yoshda bo‘lgan bola jaziramada yopiq holdagi mashinada bir o‘zi qoldirib ketilgan. Bolakay yopiq mashina ichida yig‘lab, mashina oynasiga ura boshlagan. Bundan mashina signalizatsiya ishga tushib ketgan, biroq onaning kelishidan darak bo‘lavermagan. Shunda erkak mashina oynasini urib sindirmoqchi bo‘lgan bir paytda bolaning beg‘am onasi do‘kondan chiqib kelgan.

Oxirgi paytlarda ota-onalar farzandlarini issiq havoda yopiq mashinalarda qarovsiz qoldirib ketayotganlari hollari tez-tez uchrab turibdi. Oqibatda ba'zi bolalar issiq urishdan va havo yetishmasligidan halok bo‘lishlari holatlari ham uchrab turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish