11:58 / 20.07.2015
1630

Uolkott «Arsenal»da haftasiga 100 ming funtdan ko‘proq maosh olmoqchi

"Arsenal" jamoasi yarim himoyachisi Teo Uolkott o‘zining jamoa bilan tuzilishi kutilayotgan yangi shartnomasi xususida ma'lumot berdi.

"Mening agentim jamoa bilan bu masalani hal qilib bo‘lgan. Men jamoada o‘ynashda davom etishni istayman. Ular muzokara qilaverishadi, men esa o‘ynashda davom etaveraman.
Ularning kelishuvi natijasini ham uzoq kutmasak kerak. Men o‘z o‘yinimni yaxshilashga intilayapman, boshqa narsalarga chalg‘ishni istamayman. Jamoaga foydam tegishni istayman", deydi Uolkott.

Eslatib o‘tamiz, Uolkott 1 yil oldin haftasiga 90 ming funt maosh olish bo‘yicha shartnoma imzolagandi. The Guardian nashri ma'lumotiga ko‘ra, Uolkott yangi shartnomasi bo‘yicha haftasiga 100 ming funtdan ortiq maosh olgan holda, "kanonirlar"ning eng ko‘p haq oladigan futbolchisi bo‘lmoqchi.

Top